A-378 xalqaro magistral yo'lining yon atroflari yashilligi va obodligi ta'minlanmoqda
Bugun viloyat hokimi o'rinbosari A.Shukurov, Nurobod tumani hokimi M.Buranovlar tuman hududidan o'tuvchi A-378 xalqaro avtomobil yo'li yon tomonlaridagi ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari holati bilan tanishdi.
O'rganishlar davomida hududda "yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko'kalamzorlashtirish va bog'dorchilik, qilinayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari ko'zdan kechirildi.
Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi yuzasidan mas'ullarga kerakli topshiriq va vazifalar berildi.