8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni
Yurtimizda qonun ustuvorligini ta'minlashda, fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklari himoya qilinishida adolat posbonlari bo'lmish prokuratura xodimlarining o'rni beqiyos.
Barcha O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan qutlab, sizlarning el-yurt manfaati, ravnaqi yo'lidagi sharafli xizmat faoliyatingizda yuksak shijoat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Mustahkam sog'lik, oilaviy tinchlik va fayz-baraka doimo hamrohingiz bo'lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo'lsin!
S.Berdiqulov,
Nurobod tumani hokimi