45-umumta'lim maktabida "Milliyligim – faxrim" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurobod tuman bo'linmasi va tuman Nuroniylar uyushmasi hamkorligida milliy liboslarimiz targ'ibotiga oid turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, tumanning Jom mahallasida joylashgan 45-umumta'lim maktabida mahalla faollari bilan birgalikda yoshlar o'rtasida milliyligimizni targ'ib etishga qaratilgan "Milliyligim – faxrim" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, yosh avlodda milliy iftixor tuyg'usini oshirishga qaratilgan bu kabi targ'ibot tadbirlari Nurobod tumani bo'ylab davom etmoqda.