2-sektor rahbari hududlarda o'rganish ishlari olib bordi
Nurobod tumanida aholiga qulaylik va imkoniyatlar yaratish, ularga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yangi binoning qurilish va ta'mirlash ishlari holati o'rganildi.
Shuningdek, Respublika ishchi guruhi bilan hamkorlikda hududiy elektr tarmoqlari AJ Nurobod tuman elektr tarmoqlariga qarashli Ulus N/S 35/10 va Sobirsoy N/S 110/35/6 nimstansiyalari faoliyati va aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash borasidagi ishlar holati ko'zdan kechirildi.
O'rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini oshirish va aholi farovonligini ta'minllash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.