18-NOYABR — DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN “BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ” SHIORI OSTIDA YURISH MARAFONI O‘TKAZILDI
Bugun 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Nurobod tumanida erta tongdan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Marafonda nuroniy otaxonlar, yoshlardan tortib tumandagi barcha korxona va tashkilotlar xodimlari hamda fuqarolar faol ishtirok etishdi.
Tadbir Vatanga muhabbat, milliy ramzlarga hurmat va yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni asrashga da’vat ruhida o‘tkazildi.
Yurish marafoni tuman hokimligi binosi oldida davom ettirilib, ishtirokchilar uchun bayramona konsert dasturi namoyish etildi.
Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, ruhlantiruvchi chiqishlar marafon qatnashchilariga yuqori kayfiyat ulashdi hamda yurt bayrog‘iga bo‘lgan faxr va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Tumanimiz bo‘ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostidagi turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.




