insurez
15-10-2024 11:11

15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni


BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga asosan 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e'lon qilingan.

BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarining muammolariga e'tibor qaratishga, xususan, ularning ta'lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta'minlashga chaqiradi.

Mamlakatimizda ham ushbu sana "Xalqaro qishloq ayollari kuni" sifatida keng nishonlanadi.
 

Teglar
- -