insurez
30-09-2025 16:39

1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o'qituvchi va murabbiylari ishtirokida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida “Barkamol avlod” to‘garaklari a’zolari ustozlarga bag‘ishlab kuy va qo‘shiqlar ijro etdilar, she’rlar o‘qishdi hamda sahna chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdilar.

Tadbir so‘ngida tuman Kasaba uyushmasi va “Ma’rifatparvarlar” jamiyati tomonidan pedagog xodimlar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. 

Bu esa ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnatiga bo‘lgan ehtirom va minnatdorchilikning yorqin ifodasidir.

Teglar
- -