insurez
12-07-2024 12:26

"Yoshlar oqshomi" intellektual shou-dasturiga marhamat!


Hurmatli Nurobod yoshlari! Sizlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi hamda “University of Business and Science” universiteti hamkorligida 13-iyul kuni soat 20:00 da Mo’jiza amfiteatrida o'tkaziladigan "Yoshlar oqshomi" intellektual shou-dasturiga taklif qilamiz. Turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishib kelayotgan O‘zbekistonlik oʻz sohasining yetuk mutaxassislari bilan uchrashish imkoniyati endi Samarqandda. Sizni shaxsiy rivojlanish sirlari, tajriba, ko‘nikma va qiziqarli voqealarga boy shou kutmoqda. Shou konsert dasturi davomida nufuzli oliygoh talabasi boʻlishni maqsad qilgan abituriyentlar saralab olinadi va ular loyiha tashkilotchisi “University of Business and Science” tomonidan grantlar, vaucherlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shouning yulduzli mehmonlari: Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova, Elmurod Xaqnazarov, Jahongir Xoʻjayev,  Bobur Shavkatov, Xamdam Sobirov, Afruza, Mirjalol Ne'matov va Shohruxbek Ergashev.

Teglar
- -