insurez
16-02-2024 10:58

XAYRLI VA SAVOBLI ISHNI HAR KIM, HAR KUNI QILISHI KERAK


Avval e'lon qilinganidek, bugun shahrimiz mahallalarida va ko’chalarda hashar o‘tkazilmoqda. Amalga oshirilgan ushbu xayrli tadbir doirasida qabristonlarda ham katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Jumladan, shahrimizdagi “Sarmazor”, “Dashtmozor”, “Azizxo’ja”, “Chig’anoq” qabristonlarida o'tkazilgan hasharda hududdagi mahallalar faollari va aholi tomonidan tozalash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -