Xavfsiz oila – farovon turmush garovi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan hududlarda “Xavfsiz oila” maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Nurobod tumanida mazkur profilaktik tadbirlar doirasida hamkor tashkilotlar vakillari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminar so'ngida viloyatdan kelgan ishchi guruh a’zolari va tuman mas’ullari hududlarga taqsimot qilinib, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
“Oila – turmush” munosabatlari doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan mazkur tadbirlar tumanda 2 kun davom etishi ko‘zda tutilgan.