Xalq farovonligi – oliy maqsad
Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha o'tkazillgan videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Nurobod tumanida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Nurobod tumanini kambag'allikdan holi hududga aylantirish bo'yicha tumandagi barcha 39 ta mahallalarga tashkilotlar va rahbarlardan iborat mas'ullar biriktirilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Xususan, bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov o'ziga biriktirilgan mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar yashash joyiga tashrif buyurib, xonadonbay o'rganish ishlari olib bordi.
Tuman rahbari ushbu xonadonlardagi fuqarolarning yashash sharoiti, oilaviy ahvoli va daromad manbai bilan tanishdi va ularning bandligini ta'minlash, turmush sharoitini yaxshilash va doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlari yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.