“Ulus” MFY: yoz o‘tmoqdadir soz!
Odatda yozgi ta’til boshlangach, yurtimiz maktablari o‘quvchilarsiz, bo‘m-bo‘sh bo‘ladi. Ammo Nurobod tumani “Ulus” mahallasidagi 3-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi bugun tirishqoq va bilimga chanqoq o‘quvchi yoshlar bilan har qachongidanda gavjum. Zero ushbu maktabda tuman prokurori, 2-sektor rahbari N.Soyipova tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar vaqtini mazmunli o'tkazish, ta’lim-tarbiya topishlari va chet tillarini puxta o‘rganishlariga qaratilgan bepul kurslar va yozgi sog‘lomlashtirish markazlari tashkil etilgan bo‘lib, bugun ushbu markazlar yoshlarning yozgi ta’tilni maroqli va foydali o‘tkazishlariga munosib hissa qo‘shmoqda.