Tuman ishchi guruhining 2024-yil 1-mavsumi davomida (2024 yil 2-choragi holatiga) jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ 5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlarga ko‘ra: Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan tuman(shahar)lar byudjetlari mablag‘lari tegishlicha tuman va shahar hokimligi qoshida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanishi va ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi qat’iyan taqiqlanishi belgilangan. Tumanda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash” maqsadida 2024 yil 1-mavsumi uchun, tuman byudjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi hisobidan 9 717,7 mln.so‘m, “mening yulim loyihasi” mablag’lari hisobidan 4 000,0 mln. so‘m va 2024 yil 1-yanvar holatiga tuman erkin qoldiq mabag’lari hisobidan 2 003,0 mln. so‘m, 2023 yilgi massumlardan iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan 907,2 mln.so‘m, 2024 yil 1-yanvar holatiga “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”da qoldiq mablag’lari hisobidan 859,4 mln. so‘m, Jami bo‘lib 17 390,4 mln.so‘m mablag‘ jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman hokimligida ochilgan “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi” ga yo‘naltirildi. G‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarni aniqlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilib, xalq Deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 16-apreldagi IV-84-38-7-99-K/24-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Har bir loyiha uchun buyurtmachi tashkilotlarga “401722...”mablag‘lar manbasi bilan alohida hisob varaqlar ochgan holda mablag‘lar o‘tkazib berildi va axborot portalida “g‘olib” deb topilmagan boshqa loyihalar moliyalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 66-apreldagi IV-84-38-7-99-K/24-sonli qarori bilan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hisobidan, 1. Qo‘rg'oncha MFY Qo‘rg‘oncha qishlog’ining 3000 metr ichki yullarini asfaltlashtirish taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 350,0 mln.so‘m so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib "SAM PROJECT BUNYODKOR" MCHJ bilan 12,5 mln. so‘mlik shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilgan, pudratchi aniqlash jarayonida. 2. Jom MFY Dukur guzaridan Tinchlik guzarigacha bo‘lgan 5 km yo‘lni asfaltlash taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln.so‘m so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "SAM PROJECT BUNYODKOR" MCHJ bilan 12,6 mln. so‘mlik shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilgan, pudratchi aniqlash jarayonida. 3. Qo‘rg'oncha MFY Sahro uchastkasi 49-maktab yo‘lidan Istiqlol, Buloqboshi 1 va Buloqboshi 2 qishloqlariga qadar bo‘lgan 3 km yo‘llarga asfalt yotqizib ta’mirlash taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "SAM PROJECT BUNYODKOR" MCHJ bilan 12,6 mln. so‘mlik shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilgan, pudratchi aniqlash jarayonida. 4. Qo‘rg’oncha MFY 4N 632 Sepki–Olti o‘g‘il qishloq avtomobil yo’lining 7-10 km qismiga asfalt yotqizish taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "SAM PROJECT BUNYODKOR" MCHJ bilan 12,6 mln. so‘mlik shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, pudratchi aniqlash jarayonida. 5. Samarqand-Qalqamani bog‘lovchi Yurg‘abuloq yo‘lining 5 km qismini asfalt qilish taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "BINO VA YO'L LOYIHA" MCHJ bilan 12,6 mln. so‘mlik shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, pudratchi aniqlash jarayonida. 6. Qo‘rg'oncha MFY Kattasoy-2 tor ko‘cha (Teraksoy qishlog’i) ichki yullarini asfaltlashtirish taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "BINO VA YO'L LOYIHA" MCHJ bilan 12,6 mln. so‘mlik shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, pudratchi aniqlash jarayonida. 7. Buloqboshi MFY Sepki qishlog‘idagi “Sepki oilaviy poliklinikasi”ni yangidan qurish uchun taklifini amalga oshirish uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln.so‘m so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "TEXNOLOGIYA" XK bilan shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida. 8. Boshquduq MFY dan Pastdarg‘om tumaniga bog‘lovchi yulning 2,2 km qismiga asfaltlashtirish taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "GEOFUNDAMENTPROJECT" MCHJ bilan 12,6 mln. so‘mlik shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, pudratchi aniqlash jarayonida. 9. Xalqabod MFY ninig guzarlariga 500 ta biton sim yog‘och,6000 metr kabellar va 4 ta transformator o‘rnatish uchun taklifini amalga oshirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand viloyat filialiga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "GOLD PROJECT SERVICE" MCHJ bilan shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish jarayonida. 10. Tim qishlog‘i Arabota MFY ga qarashli 7-8--10 kuchalarga asfalt yotizish taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib " MAROQAND BINO VA YO'L-LOYIHA" MCHJ bilan 12,6 mln. so‘mlik shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, pudratchi aniqlash jarayonida. 11. Pulatchi MFY binosini ettilikga muljallangan zamonaviy qilib yangidan qurish taklifini amalga oshirish uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 000,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "UNIQUE DESIGN PROJECT" MCHJ bilan shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida. 12. Tegirmonboshi MFY, Galasherik va Haprin guzarlarining ichki y o‘llarini asfaltlashtirish va mavsumiy yogʻingarchilik suvlari uchun asfaltning yonidan latok-ariqlarni oʻrnatish taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "GEOFUNDAMENT PROJECT" MCHJ bilan 12,6 mln. so‘mlik shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, pudratchi aniqlash jarayonida. 13. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonani ta’mirlash taklifini amalga oshirish uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 350,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "PARVIZ PROEKT SERVIS" MCHJ bilan shartnoma tuzilgan, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida. Shuningdek, “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da “Tashabbusli budjet” loyihasiga alohida e’tibor qaratilganligini inobatga olib, ushbu jarayonlarni shaffof tarzda o‘tkazilishini, g‘olib deb topilgan loyihalarni qisqa muddatlarda hamda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini amalga oshirish mexanizmi va uning mohiyatini aholi o‘rtasida tizimli ravishda keng yoritib borilishini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan tuman hokimligining rasmiy veb-saytida maqola va video roliklar joylashtirildi hamda “Nurobod” gazetasida maqola chop etilib, g‘olib takliflar yoritilishi ta’minlandi. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Xudayberdiyev