insurez
14-10-2024 15:01

Tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari uchun qabuli bo'lib o'tdi.

Unda Xalq qabulxonasi, hokim o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida 30 ga yaqin murojaatlar yo'llanib, ular asosan elektr energiyasi, kadastr, ichki yo'llar ta'miri, subsidiya, bandlikni ta'minlash, tibbiyot va turli moddiy yordamlar olish yuzasidan bo'ldi.

Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglagach, muammolarning ijobiy hal etilishi, yechim topishi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berdi hamda ijrosi nazoratga olindi.
 

Teglar
- -