insurez
23-09-2024 19:22

Tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari va yoshlari uchun navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar Markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari va yoshlari uchun navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi.

Xalq qabulxonasi, hokim o'rinbosarlari hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etgan qabulda aholi muammo va takliflari tinglandi.

Fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, kadastr, ichki yo'llar ta'miri, moliya, tibbiyot kabi masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.

Aksariyat muammolar shu yerning o'zida yechimini topgan bo'lsa, muddattalab va o'rganish talab etadigan murojaatlarning ijobiy hal etilishi yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
 

Teglar
- -