Tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari uchun navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari uchun navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi.
Unda Xalq qabulxonasi, hokim o'rinbosarlari, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolardan 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo'lsa, ularning asosiy qismini elektr energiyasi, ichki yo'llar ta'miri, bandlikni ta'minlash, kadastr, tibbiyot va ijtimoiy himoya daftarlari doirasida amaliy va moddiy yordamlar olish masalalarida yo'llangan murojaatlar tashkil etdi.
Yakunda tuman rahbari tomonidan mas'ullarga murojaatlarning qisqa fursatlar ichida ijobiy yechim topishi, kerakli yordamlar ko'rsatilishi yuzasidan tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.