insurez
03-07-2024 11:18

Tuman hokimi “Mahalladagi kitobxon” tanlovi g'olibasini munosib taqdirladi


Tuman hokimi “Mahalladagi kitobxon” tanlovi g'olibasini munosib taqdirladi Avval xabar berganimizdek, Nurobod farzandi Sh.Toshmurodova O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Mahalladagi kitobxon” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo'lib, faxrli 1-o'rinni egallagan edi. Shu munosabat bilan bugun “Xalqobod” mahallasida tuman hokimligi, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda tuman hokimi S.Berdiqulov shaxsan ishtirok etib, yosh g‘olibamizni tabrikladi hamda o‘zining samimiy niyat va tabriklarini yo‘lladi. Tadbir yakunida Sh.Toshmurodova va ota-onasiga tuman hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -