insurez
04-11-2024 12:51

Tuman hokimi aholi murojaatlarini tingladi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari uchun navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.

Unda Xalq qabulxonasi, hokim o'rinbosarlari, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolardan 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo'lsa, ularning asosiy qismini elektr energiyasi, ichki yo'llar ta'miri, gaz, bandlikni ta'minlash, kadastr, tibbiyot va ijtimoiy himoya doirasida amaliy va moddiy yordamlar olish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Tuman rahbari tomonidan murojaatlarning qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va ko'rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
 

Teglar
- -