insurez
26-09-2024 16:47

TO‘QSONBOSTI EKINLARINI EKIB, QO‘SHIMCHA DAROMAD OLING


Bugun Nurobod tumani “Ulus” mahallasidagi Xolmurob bobo Xolbozorovning 25 sotix tomorqa maydonida "Aholi tomorqalariga avgust-sentabr oylarida to‘qsonbosti ekinlarini ekish" bo'yicha tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda tumandagi aholi tomorqalarining 175 gektar yer maydoniga piyoz, sarimsoqpiyoz va boshqa to‘qsonbosti ekinlari ekilib, 2-3 marta hosil olish tizimi yo‘lga qo‘yilishi va yuqori daromad olishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Xolmurob bobo Xolbozorovning tomorqasidagi 400 tup anor daraxtlaridan 3000 kg gacha hosil olishi rejalashtirilayotganligi ishtirokchilarga ko‘rsatib berildi.

Amaliy seminar davomida aholi tomorqalariga to‘qsonbosti ekinlarini ekish ishlarini kechiktirmaslik zarurligi ta’kidlandi.
 

Teglar
- -