Tepaqul mahallasi yangi binosi qurilishi uchun ajratilgan hudud holatini ko'zdan kechirdi va hal etilishi kerak bo'lgan masalalar mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi
Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov tumandagi Tepaqul mahallasi yangi binosi qurilishi uchun ajratilgan hudud holatini ko'zdan kechirdi va hal etilishi kerak bo'lgan masalalar mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi. Qurilish ishlarining borishi, binoning foydalanishga topshirish muddatlari, elektr energiyasi va boshqa kommunikatsiya masalalari muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriq va ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, tuman rahbari Oqsoy mahallasida joylashgan 14-MTM da bo‘lib, unda yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar, olib borilayotgan qurilish ishlari holati bilan yaqindan tanishdi. Aniqlangan xato va kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga kerakli tavsiya va topshiriqlar berildi.