insurez
28-06-2024 16:16

Tasdiqlangan grafik asosida ishlovchi xodimlar uchun yakshanba dam olish kuni hisoblanadimi? Agar hisoblansa, ikki hissa haq to‘lanishi kerakmi?


Tasdiqlangan grafik asosida ishlovchi xodimlar uchun yakshanba dam olish kuni hisoblanadimi? Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga asosan, ish haftasi ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi, bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi, o‘zgaruvchan jadval bo‘yicha dam olish kunlari beriladigan ish haftasi va to‘liqsiz ish haftasi kabi turlarga bo‘linadi. Bugun biz maqolamizda so‘z yuritayotgan xodimlar tasdiqlangan grafik asosida ishlovchi xodimlar o‘zgaruvchan jadval bo‘yicha dam olish kunlari beriladigan ish haftasida ishlovchi xodimlar ekanligi inobatga olinib, ushbu holatda bu toifa xodimlar uchun haftaning yakshanba kuni dam olish kuni sifatida inobatga olinmaydi. Chunki, ushbu xodimlarga tasdiqlangan grafik bo‘yicha haftaning boshqa kunida (yakshanba kuni ham bo‘lishi mumkin, bu grafikka bog‘liq) dam olish kuni beriladi. Tasdiqlangan grafik asosida ishlovchi xodimlar uchun yakshanba kunidagi mehnatiga ikki hissa haq to‘lanadimi? Shuningdek, yangi qabul qilingan Mehnat kodeksining 263-moddasida, dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi lozim bo‘lgan xodimlar toifasi belgilangan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga tasdiqlangan grafik asosida ishlovchi xodimlar toifasi kiritilmagan. Ushbu moddaning 4-qismida agar xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq, umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) mehnat qilgan bo‘lsa, dam olish kunlari esa unga ish haftasining boshqa kunlarida berilgan bo‘lsa, umumiy belgilangan dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa miqdorida haq to‘lanishi tartibi belgilangan. Ushbu norma talabidan kelib chiqib, tasdiqlangan grafik asosida ishlovchi xodimlarga grafikka to‘g‘ri kelib qolgan, umumiy dam olish kunlaridagi ishi uchun ikki hissa haq to‘lanishi yangi qabul qilingan Mehnat kodeksiga nomuvofiq hisoblanadi.

Teglar
- -