insurez
30-09-2024 21:23

Sizga ta'zim, aziz ustozlar!


Sizga ta'zim, aziz ustozlar!

Bugun Nurobod tumanida joylashgan "Grand Almaz" bazmgohida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag'ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so'z olganlar tumandagi barcha maorif sohasi faxriylarini, ko'plab shogirdlar tarbiyalab kelayotgan fidoyi ustozlar va  malakali murabbiylarni bayram bilan samimiy qutlab, ezgu tilaklarini yo'lladi.

Bayram tadbiri davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan o'qituvchi-murabbiylar hamda maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlarining xizmatlari munosib e'tirof etilib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi.

Xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar bayram ishtirokchilariga yuqori kayfiyat va xursandchilik ulashdi.

Teglar
- -