insurez
10-10-2024 14:52

Saylovchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi


Ayni kunlarda siyosiy partiyalar va partiyalardan deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlarning joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkazilib, saylovoldi tashviqotlari olib borilmoqda.

Bugun Nurobod tumani 1-umumta'lim maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Shohida Yuzbayevaning saylovchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Keng jamoatchilik vakillari, partiya faollari va OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda Sh.Yuzbayeva saylovchilarga joriy yilgi aralash saylov tizimi, partiyaning oldiga qo'ygan maqsad va vazifalari hamda o'zining saylovoldi dasturi to'g'risida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda adolatli jamiyat va adolatparvar davlat barpo etish jarayonlari, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi hamda  saylovoldi dasturidan joy olgan xalqchil va ustuvor g‘oyalarning maqsad va vazifalari, mazmun va mohiyati to‘g‘risida hayotiy misollar bilan tushuntirishlar berildi.
 

Teglar
- -