insurez
16-09-2024 15:42

Raqamlangan va raqamlanmagan xonadonlarni aniqlashtirish va aholi demografiyasi kuzatuvlari o'tkazildi


Bugun Nurobod tumanida viloyat statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi hamda tuman statistika bo'limi mas'ullari ishtirokida tumandagi "Ittifoq" mahallasi hududida o'rganish ishlari olib borildi.

O'rganishlar davomida mahalla hududidagi raqamlangan va raqamlanmagan xonadonlarni aniqlashtirish va aholi demografiyasi kuzatuvlari o'tkazildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra,  kelgusida bu borada mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Teglar
- -