RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI
Ayni kunlarda Nurobod tumanida ham “Yoshlar oyligi” doirasida turli xil madaniy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, uchrashuvlar va loyihalar tashkil etib kelinmoqda. Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi o'rinbosari I.Haqqulova, mahalla xotin-qizlar faollari, umumtaʼlim va kasb-hunar maktabi bitiruvchilari hamda mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va undan foydalanib, muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar haqida soʻz yuritildi. Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, taklif va tashabbuslarini bildirib o‘tishdi.