Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tmoqda
Ayni kunlarda Samarqand viloyati bo'ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining viloyat hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun Nurobod tumani Issiqlik manbai DUK da Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi boshqarma boshlig'i V.Ashurmatov, tuman hokimi S.Berdiqulov, tuman FVB mas'ullari va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida navbatdagi o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
Nurobod tumani mexanizatsiya ishlari yigʻma komandasining saf ko'rigi bilan boshlangan o'quv-mashqi davomida tuzilmalardagi mavjud texnika va asbob-anjomlar shayligi ko'zdan kechirilib, kuz-qish mavsumi davomida issiqlik va energetika tarmoqlarini barqaror ishlashi va hududda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar holati o'rganildi.
Shuningdek, tuman isitish tizimlari holati, ularning kuz-qish mavsumiga tayyorligi joyiga chiqqan holda o'rganilib, mavsumni talafotlarsiz o'tkazish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.