insurez
07-09-2024 15:48

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o'rnatish hamda migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalarida yig'ilish bo'lib o'tdi


Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov rahbarligida tadbirkorlik subyektlari va aholi xonadonlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o'rnatish hamda migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalarida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida tumandagi korxona va tashkilotlarda, tadbirkorlik subyektlari bino va inshootlari hamda aholi xonadonlariga quyosh panellari o'rnatishning dolzarbligi, uning iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror energiya resurslari bilan ta'minlashdagi muhim ahamiyat kasb etishi to'g'risida so'z yuritilib, quyosh panellarini o'rnatganlik uchun beriladigan imtiyozlar haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, yig'ilishda migratsiyadagi va migratsiyadan qaytgan fuqarolar hamda ularning yaqinlari bilan ishlash, bandligini ta'minlash, qiynalgan oillalarni qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirishda mahalla yettiligining o'rni alohida ta'kidlanib, masalalar yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -