Probatsiya guruhi hisobidagi yoshlar bilan tadbirkorlar uchrashuvi tashkil etildi
Nurobod tumanida Probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etilib, ularni qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobidagi yoshlarning tumandagi tadbirkorlik subyektlariga, sanoat va ishlab chiqarish korxonalariga tashrifi tashkil etilib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratildi.
Ishlash istagini bildirgan yoshlar korxonalarga ishga joylashtirilib, bandligi ta'minlandi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta'minlash, kasb-hunarga o'rgatish orqali vaqtlarini mazmunli o'tkazish, qayta jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, bir so'z bilan aytganda, hayotda o'zlarining munosib o'rinlarini topishlariga ko'maklashish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar tumanimiz bo'ylab davom etmoqda.