insurez
10-10-2024 18:19

Obodlik ko'ngildan boshlanadi


Xalqimiz azaldan tozalik, ozodalikni yuksak qadrlaydi, zero aynan toza-ozodalik, poklik mustahkam sog'lik garovi hisoblanadi.

Afsuski, tumanimizdagi ba'zi yashash xonadonlari, ko'p qavatli uylar, yo'llar atroflari, korxona va tashkilotlar hovlilarida tozalikka rioya qilinmasdan, sanitariya qoidalari bajarilmay qolib ketganligi ko'ngillarni g'ash qiladi.

Ayni vaqtda mas'ul tashkilotlar tomonidan ushbu nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilib, hududlar obodligi ta'minlanmoqda.

Shu o'rinda barcha tumandoshlarimizni yon-atrofga e'tiborliroq bo'lib, atrof-muhitni ifloslantirmaslikka, chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga tashlashga, bir so'z bilan aytganda, tumanimiz hududlari, ko'chalar, yo'llar obodligiga munosib hissa qo'shishga chorlab qolamiz.

Zero tozalik, ozodalik, obodlik ko'ngildan boshlanadi!
 

Teglar
- -