insurez
25-07-2024 16:46

Nurobodning eng faol va ibratli nuroniylari aniqlandi


Nurobod tumani madaniyat saroyida "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik-tanlovining tuman bosqich bahslari bo'lib o'tdi.

Unda mahallalardagi aholi orasida obro'- e'tiborga, hurmatga sazovor bo'lgan nuroniy otaxonlar, oqsoqollar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyorov o'zining kirish so'zida katta hayotiy va amaliy tajribaga ega bo'lgan nuroniylarni “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida ma’naviy ko‘makka muhtoj, uyushmagan, ishsiz va muammoli yoshlarga biriktirish yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga hamda hayotda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishga sabab bo'layotganini alohida ta'kidlab, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.

Kutilganidanda qizg'in va murosasiz ruhda o'tgan tanlov yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Faxrli 1-o'rinni egallagan To'xtatosh Suyarov esa tanlovning keyingi, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
 

Teglar
- -