insurez
02-07-2024 11:14

Nurobodlik yosh Respublika g‘olibi


O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan yurtimizda aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini, muhabbatini oshirish, ularda yuksak kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida “Mahalladagi kitobxon” Respublika ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Kecha tanlovning yakuniy, hal qiluvchi final bosqichi bo‘lib o‘tib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, tanlov yakunida Nurobod tumanining “Xalqobod” mahallasida istiqomat qiluvchi, 3-IDUM o‘quvchisi Toshmurodova Shabnam Ilhom qizi faxrli 1-o‘rin ni egallab, Respublika g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ushbu yosh va iste’dodli tumandoshimizning kelgusidagi o‘qish faoliyatida bundanda ulkan omad va yutuqlar tilab qolamiz!

Teglar
- -