Nurobodlik yosh Osiyo chempionati sovrindori
11–14-sentabr kunlari Xitoyning Shenyan shahrida sportning akademik eshkak eshish turi bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida Osiyo chempionati bahslari o'tkazildi.
Quvonarlisi, musobaqada Nurobod farzandi Sardor Xayrullayev munosib ishtirok etib, sovrindorlar safidan joy oldi.
Terma jamoa a'zosi hisoblangan S.Xayrullayev musobaqaning jamoaviy bahslarida faxrli 3-o'rinni va bronza medalini qo'lga kiritdi.
Yosh sportchimizning kelgusidagi sport faoliyatida bundanda yuksak g'alaba va muvaffaqiyatlarga erishishiga tilakdoshmiz!