Nurobodlik yosh dzyudochilar O‘zbekiston chempionati sovrindori bo‘lishdi
Joriy yilning 8 – 10-noyabr kunlari Farg‘ona viloyatida sportning dzyudo turi bo‘yicha 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, unda Nurobod tumani yosh dzyudochilari ham munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.
Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan musobaqaning 42 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Temurmalik Eshpo‘latov faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, eng og‘ir vazn toifasida Jo‘rabek Eshpo‘latov faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Yosh va umidli sportchilarimizni ushbu yutuqlari bilan qutlab, kelgusidagi sport faoliyatlarida bundanda yuksak marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz.