Nurobodlik Alisher Samanov yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 2-6-oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati o‘yinlarida nurobodlik Alisher Samanov muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medali sohibi bo‘ldi.
Bugun Alisher Samanov tug‘ilib o‘sgan tumanning Ulus mahallasida tadbir tashkil etilib, yosh dzyudochimizni tuman hokimi S.Berdiqulov va mas’ullar ushbu ulkan g‘alabasi bilan tabriklab, tuman hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tadbirda so‘z olganlar sportchimizni erishilgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, kelgusidagi musobaqalarda omad va zafarlar tiladi.