Nurobodlik 15 nafar xotin-qizlarga asbob-uskunalar tarqatildi
Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli Nurobod tumanidagi ko‘plab xotin-qizlarning ham yillar davomida to‘planib qolgan muammolari o‘z yechimini topmoqda.
Bugun Nurobod tumanidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish, o‘zini-o‘zi bandligini ta’minlash maqsadida 15 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi.
Tadbirda viloyat Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev, tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari ishtirok etib, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, muayyan doimiy daromad manbayiga ega bo‘lish zarurligini ta’kidladi.
Subsidiya asosida berilgan tikuv mashinalari har bir ayolning o‘zini-o‘zi ish bilan band qilib, oilasiga qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyatini yaratadi.