insurez
10-06-2024 16:05

Nurobodda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi


Bugun Nurobd tumani Yoshlar markazida tuman hokimligi, DXX tuman bo'linmasi, harbiy qism mas'ullari, yoshlar yetakchilari va yoshlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi. Uchrashuvda so'z olgan mas'ullar tomonidan bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e'tibor, yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar to'g'risida so'z yuritilib, yoshlarni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishi, faollar, xususan yoshlar yetakchilarining bunda tutgan yuksak ahamiyati, ularning yanada astoydil va hamkorlikda ish olib borishi lozimligi alohida ta'kidlandi. Shuningdek, samimiy ruhda o‘tgan tadbir davomida yoshlar tomonidan yo'llangan savol, taklif va muammolar tinglandi hamda ularning yechimi yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -