insurez
12-07-2024 17:21

Nurobodda “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti o‘tkazildi


Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ta’minlash va hayotda o‘zlarining mustahkam o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish maqsadida muntazam ravishda “Rahbar va yoshlar uchrashuvlari" tashkil etib kelinmoqda. Ana shu ezgu maqsadlarni ko zlagan holda bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulovning tumanda istiqomat qilayotgan va xorijdagi tuman yoshlari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tuman rahbari o‘z nutqida yoshlar ertamiz egalari ekanliklari, ularning o‘qishlari yoki kasb-hunar egallab, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratib berilayotganligini hamda kelgusida ham bunday imkoniyatlar safi yanada kengaytirilishini alohida ta’kidlab, yoshlarni o‘z ustilarida tinimsiz ishlash va puxta bilim olishga chaqirdi. Shuningdek, muloqot davomida yoshlar tomonidan o‘z-o‘zini band qilish, o'quv markazlari tashkil etish, chet tillarini o‘rganishning samarali usullari, o‘quv xarajatlari va boshqa mavzular yuzasidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tinglanib, ularning ijobiy yechimi va ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -