insurez
05-06-2024 12:28

Nurobodda fermer xo‘jaliklarining soliq qarzdorligi masalasida muhokama yig'ilishi o'tkazildi


Nurobod tumanida tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari va fermer xo'jaliklari ishtirokida soliq qarzdorligini undirish masalalari bo'yicha muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda fermer xo'jaliklari maydonlaridan unumli foydalanish, yuqori hosildorlikka erishish, paxta va g'o'za agrotexnik tadbirlarini o'z vaqtida tashkil etish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, yig‘ilish davomida fermer xo‘jaliklariga soliqlarni o'z vaqtida to'lash va mavjud qarzdorliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi. Ushbu qarzdorliklarning undirilishi nafaqa, pensiyalar, ish haqi va boshqa ijtimoiy to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi alohida ta’kidlandi.

Teglar
- -