Nurobod tumanini kambag'allikdan xoli hududga aylantirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/nur_press/33240)Nurobod tumanini kambag'allikdan holi hududga aylantirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab olingan va ularning ijrosi yuzasidan joylarda amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Bugun Nurobod tumani hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov sektor hududidagi biriktirilgan oilalar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoiti va moddiy ahvoli bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu oilalar imkoniyatlari o'rganilib, ularning tomorqalaridan unumli foydalanishlari orqali daromad manbaini oshirish bo'yicha kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, fuqarolar turmush sharoitini yaxshilash, daromadini oshirish, o'zlariga mos bo'lgan doimiy ish o'rni bilan ta'minlash, farovonligini oshirish orqali kambag'allikdan chiqarib, jamiyatning faol a'zolariga aylantirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.