insurez
11-07-2024 19:16

Nurobod tumanidagi ko'p qavatli uylar atroflarida obodonlashtirish va ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda


Bugungi kunda Nurobod tumanida ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga boshqaruv-servis korxonalari tomonidan ko'rsatilayotgan yuqori sifatli xizmatlar natijasida aholiga bir qator qulaylik va yengilliklar yaratib kelinmoqda. Ayni kunlarda “Nur sifat kommunal xizmati” BSK tomonidan tumanning “Navro‘z, “Amir Temur” va “Sharq yulduzi” mahallarida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, ko‘p qavatli uy-joylar kirish yo'laklari va yerto‘lalari mukammal ta’mirlanib, atrofi chiqindilardan tozalandi hamda dizinfeksiya ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar fasad hamda tom qismiga zarar yetkazayotgan daraxt shoxlari olib tashlanib, uylar atrofidagi maydonlar obodligi va yashilligini ta’minlash maqsadida sug‘orish tizimi tortib kelindi.

Teglar
- -