Nurobod tumanida "Ma'naviyat festivali" doirasida bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda
Nurobod tumanida "Ma'naviyat festivali" doirasida bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, "Xalqobod" mahallasida nuroniylar, mahalla fuqarolari va yoshlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o'tkazildi. Uchrashuvda Respublikamizdagi madaniyat va san'at sohasining yetuk namoyondalari, professorlar, shoir va ijodkorlar, xonandalar ishtirok etib, mahalla oqsoqollari va yoshlari bilan samimiy muloqot o'tkazdi. Muloqot davomida nuroniylarning boy hayot tajribasidan oqilona foydalanish yoshlarimizni vatanparvarlik, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularga bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga xizmat qilishi alohida ta'kidlanib, bunday ezgulik va ma'rifat tadbirlarini hududlarda yanada ko'proq o'tkazishga chaqirildi.