insurez
07-06-2024 18:22

Nurobod tumanida atrof-muhit ifloslanishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mavzusida ommaviy axborot vositalari xodimlari va faollar ishtirokida press-tur o‘tkazildi


Nurobod tumanida atrof-muhit ifloslanishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mavzusida ommaviy axborot vositalari xodimlari va faollar ishtirokida press-tur o‘tkazildi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig‘i Shuhrat Qorayevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda bo‘limda 4 nafar davlat inspektorlari ish faoliyatini olib bormoqda. Tumanda 2024-yilning 1-choragi davomida olib borilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida jami 151 ta atmosfera havosini zararlovchi korxona va tashkilotlar nazoratga olindi. Shulardan atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I-toifasiga mansub (yuqori darajadagi xavfli) 13 ta, atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning II-toifasiga mansub (o‘rta darajadagi xavfli) 26 ta, atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning III-toifasiga mansub (past darajadagi xavfli) 47 ta va atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV-toifasiga mansub (mahalliy ta’sir ko‘rsatish darajasida) korxonalar soni 65 ta ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining tuman hududidagi ijrosini ta'minlash yuzasidan joylarda atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha obodonlashtirish va boshqa ekologik ishlar olib borilmoqda. Jumladan, tuman hududida faoliyat yuritayotgan korxona, maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlari, qishloq vrachlik punktlarida xazon tutuni atmosfera tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirishi, ayniqsa xazonlar chala yonganida o‘zidan zaharli gazlar chiqarishi to‘g‘risida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilib, sog‘lom ekologik vaziyatni saqlash borasida davomli ishlar olib borilmoqda. O‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlari davomida 19 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, joylarda qurilish materiallari va o‘zga chiqindilarni yoqish holatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi tegishli qismlari bilan 4 million 142 ming so‘m miqdorida jarimalar undirildi. Tumanimiz hududida 2 bosqichda, ya’ni 1-bosqich: 10-apreldan 10-maygacha va 2-bosqich: 10-avgustdan 10-sentyabrgacha “Toza havo” tadbirlari amalga oshirilib borilmoqda. Press-tur yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Shuhrat Qorayev tomonidan batafsil javoblar berildi.

Teglar
- -