insurez
10-06-2024 14:35

Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari va yoshlari uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari va yoshlari uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov, Xalq qabulxonasi, hokim o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan 30 ga yaqin murojaatlar yo‘llandi. Murojaatlar asosan kadastr, elektr energiyasi, ichki yo'llar ta'miri, subsidiya, tadbirkorlik uchun kreditlar, fuqarolar bandligi, turli moddiy yordamlar olish va tibbiyot kabi masalalar yuzasidan bo‘ldi. Tuman rahbari tomonidan murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan mas'ullarga kerakli topshiriq va korsatmalar berilib, muroaatlar ijrosi bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -