insurez
02-11-2024 15:32

Nurobod tumani hokimi ishtirokida brifing bo'lib o'tdi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirokida "Nurobod tumanida yangi tashkil etilayotgan loyihalarning ishga tushirilishi" mavzusida brifing bo'lib o'tdi.
 

Tuman rahbarining ta'kidlashicha:
 

"Nurobod tumanida xususiy sektorni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, bevosita ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kelib chiqqan holda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
 

Tumandagi barcha 39 ta mahalladagi umumiy mehnat resurslari soni 81 ming 677 nafarni, shulardan iqtisodiy faol aholi 60 ming 957 nafarni, rasmiy band aholi 17 ming 232 nafarni tashkil etadi. 
 

Joriy yilning o'tgan 9 oyi mobaynida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari hajmi – 2,7 mln. so‘mni, xizmatlar – 2,9 mln. so‘mni, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari 7,4 mln. so‘mni tashkil qilgan. Ushbu davrda 501 ta YATT, 229 ta yuridik shaxslar tashkil etildi, 7,5 ming nafar fuqarolarimizning o‘zini o‘zi band qilishi ta'minlandi.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida” gi PQ-7-sonli Qarori ijrosini  ta’minlash maqsadida tumanda 7 ming 182 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, yanvar-sentyabr oylari davomida 8 ming 446 ta ish o‘rinlari tashkil qilindi va belgilangan reja 118% foizga bajarildi.
 

Jumladan, yirik va hududiy investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 228 ta, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hisobiga 5974 ta, qishloq xo‘jaligida aholini doimiy va mavsumiy ishlarda band qilish orqali 1886 ta, qurilish sohasida aholini doimiy va vaqtinchalik ishlarda band qilish orqali 358 ta ish o‘rinlari yaratilgan.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330 sonli Qarori asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar  asosida 8 ta og‘ir mahallalar tanlab olinib, ularda aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash, elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash maqsadida 25 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘zlashtirilishi maqsad qilingan va bu bilan 4200 dan ortiq xonadonning tomorqadan foydalanishi va kichik ishlab chiqarishlarni tashkil etishiga zamin yaratiladi".

Teglar
- -