insurez
07-10-2024 10:12

Nurobod tumani 1-sektor faoliyati bo'yicha rejalar belgilab olindi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov va sektor a'zolari ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

Yig'ilishda sektor a'zolari faoliyatining to'g'ri tashkil etilganligi, "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar holati, aholi murojaaatlari bilan ishlash, ularni manzilli hal etish, borasida qilinayotgan ishlar batafsil tahlil qilindi.

Shuningdek, yakunda aholi roziligini ta'minlash, yuzaga kelgan kamchilik va muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish, qilinayotgan ishlar samaradorligini oshirish kabi masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, kelgusida qilinishi lozim bo'lgan vazifa va rejalar belgilab olindi.
 

Teglar
- -