insurez
22-07-2024 15:55

Murojaatlar o‘z yechimini topmoqda


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolardan 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyati elektr energiyasi, ichimlik suvi, kadastr, noqonuniy qurilish, maishiy chiqindilar, kredit, subsidiya, tibbiyot va moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan yo‘llandi. Bir qator murojaatlar shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, kerakli tavsiya va huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganish va ma’lum muddat talab etadigan murojaatlar ijrosi tegishli mas’ullar zimmasiga yuklatildi.

Teglar
- -