Muhokama yig'ilishi o'tkazildi
Nurobod tumani Yoshlar markazida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan og'ir toifadagi yoshlar bilan izchil va manzilli ishlashni tashkil etish maqsadida shtab doimiy faoliyat yuritib kelmoqda.
Bugun ushbu shtabda tuman hokimligi, tuman DXX, Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Yig'ilishda joriy yilning o'tgan davri mobaynida mas'ullar tomonidan og'ir toifadagi yoshlar bilan ishlash borasida qilingan ishlar sarhisob etilib, sustkashlikka yo'l qo'ygan mutasaddilar tanqid ostiga olindi va yakunda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va samaradorlikni oshirish maqsadida kelgusidagi rejalar belgilab olindi.