"Ma'naviyat festivali" doirasidagi dastlabki manzil Xalqobod mahallasi bo'ldi
"Ma'rifatli oila" loyihasi bo'yicha mahalladoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan oilalardan Ilhom Safarov xonadoniga tashrif buyurilib, davra suhbati uyushtirildi. Samimiy ruhda o'tgan muloqot davomida kitobning yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish, ma'rifatli ruhda tarbiyalash va jamiyat rivojida tutgan o'rni to'g'risida so'z yuritilib, farzandlari erishgan yuksak natijalar zamirida ota-onaning xizmatlari, ularning oilada haqiqiy kitobxonlik va ma'rifat muhitini yarata olganligi muhim o'rin tutishi alohida ta'kidlandi.