insurez
28-06-2024 19:53

Mahallarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari faoliyati, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov rahbarligida mahallarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari faoliyati, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini qoʻllab quvvatlash borasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, qonuniy mafaatlarini himoya qilish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, kasbga o'qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida qilinayotgan ishlar samaradorligi va ko‘lamini yanada oshirish hamda har bir masalaga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi alohida ta‘kidlanib, ushbu masalalar ijrosida kamchilik va sustkashliklarga yo‘l qo‘ygan bir guruh xotin-qizlar faollarining faoliyati tanqid ostiga olindi. Tuman rahbari tomonidan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va tashabbuskorligini yuzaga chiqarish yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Teglar
- -