Mahallalarda aholi bandligini ta'minlash mavzusida muhokama yig'ilishi o'tkazildi
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, muammolarini ijobiy hal etish hamda aholi bandligini ta'minlash orqali moddiy farovonligini ta'minlash maqsadida yurtimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun Nurobod tumani hokimligida mahallalarda aholi bandligini ta'minlash borasida joriy yilning II yarmida bajariladigan ishlar mavzusida tuman hokimligi, bank vakillari va tadbirkorlar ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Yig'ilish davomida tadbirkorlar bilan muloqot o'tkazilib, ularning savol, taklif va murojaatlari tinglandi.
Muhokamalar yakunida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olinib, ijrosi tegishli mas'ullar zimmasiga yuklatildi.